Viloyat prokuraturasi tomonidan Quvasoyda “Farovonlik sari” shiori ostida tadbirlar tashkil qilindi






Viloyat prokuraturasi tomonidan Quvasoy shahrida “Farovonlik sari” shiori ostida tadbirlar tashkil qilindi. Unda viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov ishtirok etdi. Tadbirda ehtiyojmand oilalarning ishsiz a‘zolarini bandligini ta‘minlash, tadbirkorlikka o‘rgatish, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. 34 nafar xotin-qizlarga kasanachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tikuv mashinalari berildi, oilalardagi xotin-qizlar, bolalar, keksalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, davolanishlari uchun imtiyozli yo‘llanma va zarur dori-darmon vositalari berildi. Ehtiyojmand oilalarning farzandlarini sport hamda maktabdan tashqari ta‘limga keng jalb qilish bo‘yicha mini futbol musobaqasi, kitobxonlik tanlovlari o‘tkazilib, tadbir davomida konsert dasturi va bayram dasturxoni tashkil etildi. Shuningdek, oilalardagi farzandlar chet tillarini chuqur o‘rganishlari uchun bepul to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Tadbir yakunida musobaqa va tanlov g‘oliblari hamda ishtirokchilari esdalik sovg‘alar, o‘quv adabiyotlari bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida ehtiyojmand oilalar ishtirokida ko‘chatlar ekildi. Viloyat prokuraturasi organlari tomonidan bu boradagi ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Toshloq tumanida yangi markaz – IT - shaharcha foydalanishga topshirildi

Farg‘onada zamonaviy “Bilimdon” bolalar oromgohi ochildi


Farg‘ona - Ulsan biznes - forumi tashkil etildi

Shohimardon zamonaviy turizm markaziga aylanadi

Farg‘ona va Ulsan hamkorligi barcha sohalarni qamrab oladi