Viloyat hokimligida yaponiyalik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi





Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Xabibjon Sirojitdinov Yaponiyaning "One Blue Career Inc" kompaniyasi prezidenti Nagase Nobixuko boshchiligidagi delegasiya vakillari bilan uchrashdi. Bugungi kunda Yaponiya kapitali ishtirokida Farg‘onada 7 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Farg‘ona va Yaponiya o‘rtasidagi savdo almashinuvi 4.5 million dollarni tashkil etmoqda. Shuningdek, Ekoshaharda kunchiqar yurt ishbilarmonlari tomonidan 60 million dollarlik yapon turizmini o‘z ichiga olgan mehmonxona, bog‘, restoran va tibbiyot maskani loyihasi amalga oshirilmoqda. Mehmonlarga shu xususida hamda Farg‘onaning salohiyati haqida ma‘lumot berildi. Nagase Nobixukoning bildirishicha, Yaponiya mehnat bozorida ishchi kuchi etishmovchiligi kuzatilmoqda. Oqibatda ayrim yapon kompaniyalarida ishchi kuchiga talab katta. Shu boisdan kompaniya prezidenti yapon mehnat bozoriga ishchi kuchini jalb etishni maqsad qilganini ta‘kidladi. Avvalo haydovchilik va boshqa texnik yo‘nalishlardagi kasb egalarini ishga jalb etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishini qo‘shimcha qildi. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Xabibjon Sirojitdinov kafolatlangan ish hamda viza asosida farg‘onaliklarni Yaponiyada ishga jalb etishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Uchrashuv davomida muhokama qilingan hamda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olingan masalalar yuzasidan birgalikda ish tashkil etish belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyadan kelgan investorlarni qabul qildi

Farg‘ona viloyatida g‘alla o‘rimi mavsumi boshlandi.

Farg‘onada ham “Dolzarb 90 kun” tadbirlari boshlandi

San‘at va do‘stlik bayrami: Botkenda xalqaro qo‘shiq festivali o‘tkazildi


Farg‘onada g‘alla mavsumida zamonaviy g‘alla o‘rish kombaynlari ishtirok etadi