Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov AHA Co., Ltd kompaniyasida bo‘lib, qator uchrashuvlar o‘tkazdi










Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Janubiy Koreyaga tashrifi davomida AHA Co., Ltd kompaniyasida bo‘lib, qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Mazkur kompaniya 1995 yilda tashkil topgan bo‘lib, ta‘lim texnologiyalari (EdTech), sog‘liqni saqlash va elektr transport vositalarini (EV) zaryadlash qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning Yaponiya, Germaniya, Qozog‘iston va AQShda xalqaro filiallari tashkil etilgan bo‘lib, 2024-yil holatiga ko‘ra, kompaniyaning bozor kapitallashuvi 28,88 mln. dollar, umumiy savdo daromadi 55,9 mln. dollarni tashkil etdi. Kompaniya rahbari Ku Gi Do faoliyati haqida so‘z yuritib, so‘nggi yillardagi zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlari va mahsulotlari bo‘yicha ma‘lumot berdi. O‘zbekistonda ham hamkorlikda biznes qilish istagi borligini bildirdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘onada loyihalarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratib berilishini, hamkorlikka tayyorligini aytib o‘tdi. Uchrashuvda Kimpo va Koyan shaharlarining Savdo-sanoat palatasi rahbarlari, 20 mingdan ziyod tadbirkorlari borligini, O‘zbekistonda investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni tanishtirish muhimligini qayd etdi. Delegatsiya a‘zolari kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. Uchrashuv yakunida AHA Co., Ltd kompaniyasi bilan viloyatimizda maktablar uchun smart doskalar hamda elektromobillar uchun zaryadlovchi stansiya qurilmalarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Shohimardon zamonaviy turizm maskaniga aylanmoqda


Farg‘ona tarvuzlari Polьshaga etib bordi

Yangi bosqichdagi Farg‘ona ta‘limida xususiy sektorning ham ulushi ortmoqda

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bir guruh turkiyalik investorlarni qabul qildi.