Viloyat delegatsiyasi Sudokvon poligoni faoliyati bilan tanishdi
Janubiy Koreyaning Sudokvon poligonlarni boshqarish korporatsiyasi (Sudokwon Landfill Site Management Corporation (SLC) chiqindilarni qayta ishlashda katta tajribaga ega.
Janubiy Koreyada bo‘lib turgan viloyat delegatsiyasi Sudokvon poligonida bo‘lib, korporatsiya faoliyati bilan tanishdi.
Koreya atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi qoshidagi Sudokvon poligoni Incheon va Kimpo shaharlari chegarasida joylashgan. Dunyodagi eng katta poligon Seul, Incheon va Kyoonggi-doni o‘z ichiga olgan uchta metropoliten hududidan chiqarilgan chiqindilarni qayta ishlash uchun yaratilgan. Korxonaning yillik aylanma mablag‘i 138 mln. dollarni tashkil etadi. Korxona kapitali 801 mln. dollarga teng.
Ushbu poligonda hosil bo‘ladigan metandan maxsus jihozlar yordamida 50 megavatt elektr-energiyasi ishlab chiqariladi. Poligonda yashil hududlarni ko‘paytirishga muhim e‘tibor qaratilmoqda.
Uchrashuvda korporatsiyaning faoliyati taqdimot qilindi. O‘zbekiston bilan tabiatga chiqayotgan zararli gazlarni kamaytirish bo‘yicha hamkorlikda loyiha olib borilayotgani aytib o‘tildi.
Ma‘lumot o‘rnida: Koreyaliklar bilan hamkorlikda Dang‘ara tumanida joylashgan poligonda chiqindini qayta ishlash bo‘yicha 25 mln. dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Viloyat hokimligida yaponiyalik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi