So‘x tumanida yana bir murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi
So‘x tumanida yana bir murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.
Viloyatimizning chekka hududlarida ham yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bugungi kunda aholi o‘rtasida yirik bo‘g‘imlarning emirilishi “koksartroz” oqibatida bemorlarda totalь-endoprotezlash operasiyalarga ehtiyoj ortgan.
Aholiga ixtisoslashgan travmatologik yordamni talab darajasida ko‘rsatish uchun Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi mutaxassislari Respublika ixtisoslashgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda So‘x tumani markaziy shifoxonasida tuman mahalliy kadrlari ishtirokida 4 nafar bemorlarda yuqori texnologik operasiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdi. Ularning oyog‘iga sun‘iy bo‘g‘im qo‘yildi.
Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tajribali mutaxassislari tomonidan shifoxonaning xirurgiya bo‘limidagi barcha bemorlar va reanimasiya bo‘limida davolanayotgan bemorlar markaz bosh vrachi Odiljon Umarov boshchiligida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, davo muolajalarini olib borish bo‘yicha tegishli tavsiya va maslahatlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Sarhisob: Farg‘onalik sportchilar uchun omadli yil bo‘ldi
Viloyat hokimining o‘rinbosarlari ishtirokida tadbirkorlar qabuli tashkil etildi