Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

3022024-12-10 10:21

O‘zbekiston xalq shoiri Hamid Olimjon xiyoboni, muzey hamda mahalla binosi foydalanishga topshirildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733807940048.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733807948427.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733807966742.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733807971767.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733807975898.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733807985815.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733807989453.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733808000572.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733808003616.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733808009579.jpg

Quvasoy shahar “Qo‘chqorchi” mahalla fuqarolar yig‘inida yangitdan ta‘mirdan chiqarilgan O‘zbekiston xalq shoiri Hamid Olimjon xiyoboni, uning nomidagi muzey hamda mahalla binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat, shahar hokimligi mas‘ullari, ziyolilar, ijodkorlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov mamlakatimizda ma‘naviyat, adabiyotga qaratilayotgan katta e‘tibor xususida so‘z yuritib, Quvasoydagi bu maskan elimizning sevimli shoiriga munosib ehtirom bo‘lganligini qayd etdi.

Hamid Olimjon o‘zbekning o‘zidan o‘lmas meros qoldirgan atoqli farzandi – dilbar shoir, talantli dramaturg, yirik olim va tanqidchi, yirik davlat va jamoat arbobi edi. U qisqa umri davomida xalqimizning cheksiz mehrini qozondi. Hamid Olimjon tom ma‘noda vatanparvar shaxs ekanligini “Daryo kechasi”, “Chirchiq sohillarida”, “O‘lka”, “Baxt”, “Oygul bilan Baxtiyor”, “Zaynab va Omon”, “Semurg‘” asarlari orqali bilish mumkin. 1980 yilda viloyatimizning Quvasoy shahar Qo‘chqorchi qishlog‘ida uning haykali o‘rnatilgan.

Viloyat hokimligi tomonidan Hamid Olimjon haykali o‘rnatilgan hudud obodonlashtirilib, monument rekonstruksiya qilindi. Ko‘rkam qiyofa kasb etgan bu maskan chinakam ma‘naviyat va ma‘rifat markaziga aylandi. Shu bilan birgalikda mahalla binosi ham ta‘mirdan chiqarildi. Bu yerda mo‘jazgina Hamid Olimjon muzeyi hamda kutubxona tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari Hamid Olimjon haykali poyiga gullar qo‘yishdi, xiyobonga ko‘chat ekdilar. MFYda yaratilgan sharoitlar, muzey, kutubxona faoliyati bilan tanishdilar.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov ham ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 23.12.2024 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft