Viloyat hokimi Koreyaning qurilish sohasida faoliyat yurituvchi yirik kompaniya vakillarini qabul qildi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreyaning qurilish sohasida faoliyat yurituvchi yirik kompaniya vakillaridan iborat delegasiya hamda ularning mahalliy hamkori Nozimjon Hamroqulovni qabul qildi.
Viloyat hokimi boshchiligidagi Farg‘ona viloyati rasmiylari hamda tadbirkorlaridan iborat delegasiyaning joriy yil 25-30 noyabrь kunlari Koreya Respublikasiga tashrifi o‘z samarasini berib, koreyalik ishbilarmonlarning Farg‘onaga qiziqishi yanada oshib, yangi loyihalar bo‘yicha investorlar tashrifi ortmoqda.
Bugungi uchrashuvda ham Koreya kompaniyasi tomonidan Farg‘ona shahridagi Ekoshahar - “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilishi rejalashtirilayotgan 4 ta 25 qavatli turar-joy binolari, ko‘ngilochar va savdo markazlarini o‘z ichiga olgan majmuani qurish loyihasi muhokama qilindi.
Koreya Respublikasi viloyatlari va Farg‘ona viloyati o‘rtasida hamkorlik jadallashayotganligini qayd etgan viloyat hokimi, ushbu loyiha qo‘llab-quvvatlanishini hamda kerakli ko‘mak ko‘rsatilishini ma‘lum qildi.
Hujjatlashtirish ishlari yakunlangach, loyihaning dastlabki bosqichini boshlashga kelishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Sarhisob: Farg‘onalik sportchilar uchun omadli yil bo‘ldi
Viloyat hokimining o‘rinbosarlari ishtirokida tadbirkorlar qabuli tashkil etildi