4 nafar viloyatimiz vakillariga “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni topshirildi


4 nafar viloyatimiz vakillariga “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 25 sentyabrdagi “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishonini ta‘sis etish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, ushbu ko‘krak nishoni bilan diniy-ma‘rifiy sohadagi islohotlarni targ‘ib etish, fuqarolarning e‘tiqod erkinligini ta‘minlash, dinlararo hamjihatlikni mustahkamlash va ma‘naviy muhit barqarorligini saqlashdagi ibratli ishlari uchun etuk ulamolar, atoqli arboblar, diniy soha rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda xorijiy olimlar taqdirlanishi belgilangan. Bu yil ham mamlakatimizda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizning katta guruhi ana shu ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ular orasida 4 nafar viloyatimiz vakillari bor. Bugun viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur ko‘krak nishonlarini o‘z egalariga topshirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





