Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

3552024-12-11 18:00

Uchko‘prik tumanida “O‘zbek-qirg‘iz chegara oldi hududlari biznes forumi” bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733921485277.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733921494600.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733921501588.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733921508625.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733921515434.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733921523260.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1733921528972.jpg

Uchko‘prik tumanida “O‘zbek-qirg‘iz chegara oldi hududlari biznes forumi” bo‘lib o‘tdi

Viloyatimizga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, eksport hajmlarini oshirish, yangi tovar nomenklaturalarini eksportga yo‘naltirish, halqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mahalliy va xorijiy tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish kabi muhim masalalar yuzasidan aniq choralar ishlab chiqilmoqda.

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida berilgan topshiriqlari ijrosi doirasida Uchko‘prik tumanida “O‘zbek-qirg‘iz chegara oldi hududlari biznes forumi” o‘tkazildi. Ikki kun davom etgan biznes forum jarayonida qirg‘izistonlik mehmonlar “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqarish va eksport bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, “Mehrigiyo” korxonasi va “Boboshbek” savdo kompleksining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Farg‘ona viloyati va Qirg‘iziston korxonalarining mahsulotlari ko‘zgazmasi ko‘zdan kechirildi.

Biznes forumni viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov ochib berdi. Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod, O‘sh va Botken viloyatlaridan ishtirok etgan vakillar ham mazkur biznes forumning ikki hudud savdo aloqalarini mustahkamlashdagi o‘rni xususida to‘xtaldilar.

Ikki tomonning investitsiyaviy salohiyati haqida taqdimotlar o‘tkazildi. Farg‘ona va Qirg‘iziston korxonalari ishtirokida B2B muloqotlar o‘tkazilib, savdo va investitsiyaviy kelishuvlarga erishildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 27.12.2024 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft