Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2982024-12-13 18:30

Farg‘ona shahrida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734096514343.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734096518866.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734096541037.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734096547502.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734096550912.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734096554532.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734096557943.jpg

Farg‘ona shahrida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olganlar tomonidan iste‘dodli qizlarni tanlash va ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarishda, ijodkor, san‘atsevar, olima, oqila, shoira, sportchi qizlar safini kengayib borishida mazkur tanlov muhim o‘rin tutayotganligi qayd etildi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun 8 ta yo‘nalishda yutuqlarga erishgan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlar qatnashish xuquqiga ega. Tanlovning shahar-tuman bosqichida ishtirok etgan 500 nafarga yaqin iqtidorli qizlar orasidan 151 nafari viloyat bosqichida ishtirok etib, fan, ta‘lim, adabiyot, madaniyat, san‘at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati yo‘nalishlarida o‘z imkoniyatlarini namoyon etishdi.

Ishtirokchilarning ijodiy ishlari, siyosiy-ijtimoiy bilimlari, urf-odatlar, milliy qadriyatlarni bilishi, ko‘rik-tanlovlardagi ishtiroki, iste‘dodini bir necha yo‘nalishlarda ko‘rsata olganligi tanlov komissiyasi a‘zolari tomonidan birma-bir ko‘rib chiqildi.

Belgilangan tartibga ko‘ra, yakunda tanlov komissiyasi a‘zolari Respublika komissiyasiga eng munosib 25 nafar nomzodni tavsiya etdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 27.12.2024 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft