Prezidentimiz tomonidan Beshariqda 500 megavattli quyosh fotoelektr stansiyasini qurishga start berildi
Prezidentimiz tomonidan Beshariq tumanida 500 megavattli quyosh fotoelektr stansiyasini qurish ishlariga start berildi. Loyiha qiymati 350 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyani tashkil etadi. Buning uchun 1060 gektar cho‘l hududidan yer ajratilgan.
Germaniyaning “Hyper Partners” kompaniyasi investorligida amalga oshirilayotgan ushbu quyosh fotoelektr stansiyasi loyihasining qurilish-montaj ishlari Xitoy Xalq Respublikasining “China Western Pover industral” va mahalliy kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Loyihaning to‘liq quvvatda ishga tushirishi natijasida 1 100 mln. kVt soat yoki 458 ming xonadonning bir yillik iste‘moliga teng "yashil" energiya ishlab chiqarish, 333 mln. kub metr tabiiy gaz tejash va 462 ming tonna zararli moddalarning atmosferaga chiqarilishining oldi olinadi.
Dastlabki quvvatlari 2025-yil yakuniga qadar tarmoqqa ulanib, 2026-yilning 4-choragida to‘liq ishga tushirilishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni yangi energetika quvvatlarini ishga tushirish hamda navbatdagilarini qurishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda davlatimiz rahbari ramziy dastakni bosib, 18 ta majmuaning faoliyati va 6 ta loyihaning qurilishini boshlab berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Sarhisob: Farg‘onalik sportchilar uchun omadli yil bo‘ldi
Viloyat hokimining o‘rinbosarlari ishtirokida tadbirkorlar qabuli tashkil etildi