Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

5092024-12-16 11:26

Farg‘ona viloyatining xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli kredit reytingi B+ darajasida “Barqaror” deb qayta tasdiqlandi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734330341646.jpg

Farg‘ona viloyatining xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli kredit reytingi B+ darajasida “Barqaror” deb qayta tasdiqlandi.

O‘zbekistonda yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit, xorijlik investorlarga berilayotgan keng qamrovli imtiyoz va kafolatlar Farg‘ona viloyatida ham o‘z samarasini bermoqda. Mazkur islohotlar natijasida viloyatimiz o‘zining investitsiya jozibadorligini yana bir marta oshirdi.

Viloyatimizdagi bu kabi ishlar xalqaro maydonda e‘tirof etilayotgan bo‘lib, 2024-yilning dekabr oyida S&P Global Rating tomonidan e‘lon qilingan reyting ko‘rsatkichi buni yaqqol isbotladi.

Xususan, viloyatning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati dunyoning eng nufuzli “S&P Global Rating” (AQSh) xalqaro reyting agentligi tomonidan tahlil qilinib, mustahkam moliyaviy indikatorlari va yuqori iqtisodiy salohiyati uchun “B+”, ya‘ni “barqaror” darajasi qayta tasdiqlandi.

Yangi hisobotda Farg‘ona viloyati byudjetining yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari hamda tijoriy qarzdorlikning mavjud emasligi va qarzdorlik darajasi nolga teng ekani natijasida viloyatning likvidlik ko‘rsatkichlari yuqori barqarorlikni saqlab qolishi alohida e‘tirof etildi.

Ijobiy xalqaro reyting ko‘rsatkichiga erishishda viloyatda faol o‘zlashtirilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi va jadal tashqi savdo dinamikasi ijobiy ta‘sir ko‘rsatdi. Shu o‘rinda ta‘kidlash kerak, Farg‘ona viloyatiga jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi yildan yilga oshib bormoqda.

Ishonch bilan aytish mumkinki, S&P Global Rating xalqaro reyting agentligi tomonidan Farg‘ona viloyatiga berilgan B+, ya‘ni “barqaror” kredit reytingi darajasi viloyatga investorlar va boshqa moliya tashkilotlarini jalb qilib, kirib kelayotgan investisiyalar oqimini jadallashtiradi.

Agentlikning reyting va indekslari orqali viloyatning makroiqtisodiy siyosati va ko‘rsatkichlari haqida ochiq ma‘lumotlar taqdim etilganligi investorlar uchun viloyatga investitsiya kiritish bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonini osonlashtiradi va yirik investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 22.12.2024 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft