Marg‘ilon shahrida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish ishlari jadallashtiriladi
Marg‘ilon shahrida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish ishlari jadallashtiriladi.
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur yangi massivda bo‘lib, viloyatimizdagi tegishli tashkilot va boshqarmalar, qurilish-pudrat tashkilotlari rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirokida qurilish ishlarining borishi hamda bir qator loyihalarni muhokama qildi.
Ayni kunlarda 75 gektar yer maydonida 6 ming xonadonli “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish ishlariga kirishilib, hozirda 10 ta 12 va 16 qavatli uylarning qurilishi olib borilmoqda. Shuningdek, bu yerda savdo majmualari, 10 ta ijtimoiy soha obyektlari qurilishi ham ko‘zda tutilgan.
Viloyat rahbari massivning bosh rejasi bilan tanishib, bu yerdagi har bir inshoot zamonaviy arxitektura talablari asosida bo‘lishini, birinchi navbatda, aholi uchun qulay sharoitlar yaratilishini, yashil xiyobonlar, manzarali daraxtlar alleyalari barpo etilishiga e‘tibor qaratishni ta‘kidlab o‘tdi. Shu bilan birgalikda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va qurilish ishlarining sifati muhim mezon bo‘lishini qayd etib, loyihalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Bu yerda tashkil etilayotgan kichik sanoat zonasiga istiqbolli loyihalarni joylashtirish, bunda yer maydonidan samarali foydalanib, ko‘p qavatli ishlab chiqarish tarmoqlarini yo‘lga qo‘yish borasida vazifalar belgilab berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Viloyatdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari o‘rganib chiqiladi