Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

842024-12-18 16:16

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734520303326.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734520309380.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734520313680.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734520317144.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734520320473.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734520324277.jpg

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan sessiyada dastlab, xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati to‘g‘risidagi Nizom hamda doimiy komissiyalar va ularning tarkibi tasdiqlandi.

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 28-noyabr kuni meva-sabzavot yetishtirish, qayta ishlash va eksportini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tomorqa va uylar oldi, mahalladagi ko‘chalar bo‘yi, dala cheti va kanallar atrofidagi yer maydonlarida oziq-ovqat mahsulotlari va daraxtlar ekish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjudligi, bu yerlarning aniq o‘lchamini tasdiqlab, agroplatformaga kiritish zarurligi aytib o‘tilgandi. Farg‘ona viloyatida 340 ming gektar maydondagi dala cheti va kanal-kollektor atrofidagi yerlarda daromadli ekinlar urug‘larini ekish borasidagi maqsadli ko‘rsatkichlarning aniq manzilli ro‘yxatini tasdiqlash hamda ijrosini doimiy nazorat qilib borish belgilangan. Shu yo‘nalishda viloyatimizda olib borilayotgan ishlar haqida viloyat hokimining o‘rinbosari Alibek Tursunovning hisoboti eshitildi.

Farg‘ona viloyatida shakllantirilgan 2025-yil dasturi parametrlariga muvofiq, 2025-yilda jami 69 ta ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma obyekt loyihalarda 500 mlrd. so‘mlik qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta‘mirlash ishlarini olib borish rejalashtirilgan. Taklif etilayotgan yangi loyihalar deputatlarga o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, Ijtimoiy himoya agentligi viloyat boshqarmasining Farg‘ona viloyatida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish borasida joriy yilning 11 oyi davri mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti deputatlarga taqdim qilindi.

Sessiya ishida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar, “Yer osti suvlarini milliy boshqarish va iqlim o‘zgarishi ta‘siriga moslashish” bo‘yicha loyiha konsepsiyasi, mikro, kichik va o‘rta korxonalarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda “yashil” va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash loyiha konsepsiyalari deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi, mazkur masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 19.12.2024 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft