Viloyat hokimi Markaziy Osiyo Guangdong Savdo palatasi prezidenti Li Tiantaoni qabul qildi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Markaziy Osiyo Guangdong Savdo palatasi prezidenti Li Tiantao boshchiligidagi xitoylik ishbilarmonlar guruhini qabul qildi.
Mazkur uchrashuvda mashinasozlik, elektr energiyasi, misni qayta ishlash, keramika va yana qator yo‘nalishlarda hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.
Markaziy Osiyo Guangdong Savdo palatasi prezidenti Li Tiantao 45 ta davlatda vakolatxonalari borligi, palatada 100 ming nafar tadbirkor jamlanganligini ma‘lum qilib, turli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilish va viloyatga investisiya kiritish istagi borligini bildirdi.
Viloyat hokimi bildirilgan takliflar bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilanib olinishini, kelishilgan loyihalar bo‘yicha tez fursatlarda amaliy ishlarga kirishishga tayyor ekanligini qayd etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Viloyatdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari o‘rganib chiqiladi