Viloyatdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari o‘rganib chiqiladi

Viloyat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha turdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarining belgilangan norma va me‘yorlarga muvofiqligi holati o‘rganib chiqiladi. Bu haqida viloyat hokimining tegishli farmoyishi qabul qilindi.
Baxtsiz va noxush hodisalarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “O‘zdavneftgazinspeksiya” Farg‘ona hududiy bo‘limi, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta‘minoti filali kabi mas‘ul tashkilotlar xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzildi. Mazkur ishchi guruhi tomonidan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGTKS), avtomobillarga gaz quyish stansiyalari (AGKS) va avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari (AYoQS)ning sanoat, yong‘in, ekologik xavfsizligi talablariga muvofiqligi, yoqilg‘i saqlash rezervuar (sig‘im)larning holati va boshqa qonunchilikdagi me‘yorlar o‘rganiladi. O‘rganishlar chog‘ida ularning moliyaviy ishlariga aralashilmaydi hamda shoxobchalar odatdagi ish tartibi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi.
Shuningdek, viloyat hududida faoliyat yuritayotgan, tashkiliy huquqiy shaklidan qat‘iy nazar barcha avtomobillarga yoqilg‘i quyish, siqilgan va suyultirilgan gaz to‘ldirish shoxobchalarida ishlovchi ishchi-xodimlarni viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qoshidagi o‘quv markazida dastur asosida shartli ravishda o‘qitilishi ta‘minlanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Xitoyga amaliy tashrifi davom etmoqda

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning "SIGLEN" kompaniyasida bo‘lib, ishlab chiqarish faoliyatini ko‘zdan kechirdi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Xitoyning Foshan shahrida joylashgan "Guangdong Shengte Electric Co., Ltd" kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

Farg‘onada AVCIT kompaniyasi raqamli texnologiyalarni joriy qiladi

Uchrashuvlar samarali bo‘ldi

Urumchi shahrida Farg‘ona viloyati hamda Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonining 200 dan ziyod ishbilarmon doira vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi