Viloyat delegasiyasi Xenanь provinsiyasida bir qator hamkorlik kelishuvlariga erishdi
Xitoy Xalq Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan viloyat delegasiyasi Xenanь provinsiyasida bir qator hamkorlik kelishuvlariga erishdi.
Chjenchjou shahrida o‘tkazilgan “Farg‘ona-Xitoy” biznes-forumida shahar va tumanlarning hokim o‘rinbosarlari, 40 dan ziyod biznes doira vakillari hamda xitoylik 100 ga yaqin kompaniyalari ishtirok etdi.
Forum davomida viloyatimizning iqtisodiy, investisiya va eksport salohiyati taqdimot qilindi.
Shu bilan birga, forum doirasida qator biznes muzokaralar olib borildi. Uchrashuvlarda ikki tomon rasmiy hamda tadbirkorlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, farmasevtika, elektrotexnika va boshqa yo‘nalishlarda 10 dan ziyod dastlabki kelishuvlar imzolandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Viloyatdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari o‘rganib chiqiladi