Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2742024-12-19 22:39

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Xo‘jand qal‘asi” tarixiy-madaniy majmuasi faoliyati bilan tanishdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734629610320.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734629619498.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734629625947.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734629640766.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734629648320.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734629652448.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734629668480.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734629675880.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734629691290.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1734629699558.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Tojikistonning So‘g‘d viloyatiga tashrifi davomida Xo‘jand shahrida joylashgan “Xo‘jand qal‘asi” tarixiy-madaniy majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Viloyat hokimiga So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda hamrohlik qildi.

Tojiklarning mardlik, jasorat, o‘zlikni anglash va vatanparvarlik timsoli sifatida tanilib, ushbu hudud aholisining ozodligi va tinch hayotini himoya qilishda ishonchli istehkom sifatida samarali rol o‘ynagan ushbu hashamatli bino qayta tiklanib, joriy yilning aprel oyida foydalanishga topshirilgan.

Xo‘jand qal‘asining bunyod etilgan va qayta tiklangan inshootining umumiy maydoni olti gektarni tashkil qiladi. Loyiha asosida qal‘a atrofidagi devorlar, uning arka va darvozalari tiklanib, ma‘muriy bino asosi, hunarmandlar rastalari, milliy oshxona, Xo‘jand shahrining qadimiy uylari va hovlilari namunalari, mehmonxona va muzey, choyxona, tojik xalqi milliy taomlarini tayyorlash uchun usti yopiq rastalar, hammom va xizmat ko‘rsatish nuqtalari va boshqa yordamchi inshootlar qurildi. Jumladan, Xo‘jand qal‘asining janubiy qismida bugungi zamon talablaridan kelib chiqib, 8 ta keng hunarmandlik rastalari tashkil qilinib, ularda hunarmandlarning ko‘plab turdagi qandolatchilik, naqqoshlik, kulolchilik mahsulotlari, turli pichoqlar, qo‘lda to‘qilgan gilamlar, erkaklar va ayollar milliy kiyimlari, adrasu atlas, zargarlik buyumlari, suvenirlar va milliy cholg‘u asboblari joy olgan.

Viloyat hokimiga shular xususida ma‘lumotlar berilib, yaqindan tanishtirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 22.12.2024 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft