Guanjouda elektromobillar uchun ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashildi
Viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davomida Guanchjou shahridagi “Anhua Auto Parts Mall” sanoat va xizmatlar parkida avtomashinalar, jumladan, elektromobillar uchun ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi xitoylik tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda viloyatimizda elektromobillar uchun ehtiyot qismlari ishlab chiqarish, ularga servis xizmatlari ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur park rahbari Guo Zay Liang bilan Farg‘onada hamkorlikda shu kabi ishlab chiqarish va xizmatlar zonasini tashkil qilishni o‘rganish maqsadida 2025-yilning birinchi choragida viloyatimizga xitoylik tadbirkorlarni tashrifini tashkillash va hamkorlik aloqalarini jadallashtirishga kelishildi.
Szilin provinsiyasi Chanchun shahrida tashkil etilgan uchrashuvda esa Farg‘onada infratuzilma va ishlab chiqarish bo‘yicha yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish imkoniyatlari bo‘yicha taqdimot qilindi. Xitoy kompaniyalari salohiyati va qiziqishlari bilan tanishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!