Farg‘ona viloyati va Dushanbe shahri o‘rtasida arxitektura va shaharsozlik bo‘yicha hamkorlik aloqalari yanada kengayadi
Farg‘ona viloyati va Dushanbe shahri o‘rtasida arxitektura va shaharsozlik bo‘yicha hamkorlik aloqalari yanada kengayadi.
Farg‘ona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi rahbariyati, tuman va shahar bosh arxitektorlari hamda yetakchi loyiha tashkilotlari vakillaridan iborat delegatsiya Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida bo‘lib, arxitektura va shaharsozlik yo‘nalishida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik masalalarida uchrashuvlar o‘tkazildi.
Mazkur tashrifning maqsadi zamonaviy arxitektura talablari asosida qurilish sohasini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion loyihalar, landshaft, dizayn, master-rejalar, bino va inshootlarni loyihalash borasida o‘zaro tajriba almashish va Dushanbe shahridagi ijtimoiy va infratuzilma obyektlari bilan tanishishdan iborat bo‘ldi.
Dushanbe shahar davlat hokimiyati ijroiya organi binosida shahar raisining birinchi o‘rinbosari Tabarzoda Jamshed, Dushanbe shahar bosh arxitektori Soli Azizon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki qo‘shni mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro chambarchas bog‘liq hamkorlik rishtalari, arxitektura, shaharsozlik va Dushanbe shahrida shaharsozlik tajribasini o‘rganish va delegatsiyalar almashinuvi imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, viloyat delegatsiyasi mazkur shahardagi arxitektura va shaharsozlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!