Xitoylik investorlar tomonidan Farg‘onada yashil energetika” yo‘nalishlari bo‘yicha istiqbolli loyihalarga investitsiya kiritish rejalashtirilmoqda


Xitoyning Shanghai Oriental Credits Industrial Development Co., Ltd kompaniyasi sarmoyadorlari tomonidan Farg‘ona viloyatida “yashil energetika” yo‘nalishlari bo‘yicha istiqbolli loyihalarga investitsiya kiritish rejalashtirilmoqda. Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kompaniya bosh direktori Jeyms Sao bu haqda ma‘lum qildi. Viloyatimizdagi ijtimoiy soha obyektlari tom qismida quyosh panellari o‘rnatish, mikrogeslar va nasos stansiyalari bo‘yicha ham hamkorlik qilish hamda Farg‘onada servis markazi qurish taklifi bildirildi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov barcha takliflar muhim ekanligiga urg‘u berib, xitoylik ishbilarmonlarning ish boshlashlari uchun har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilishini qayd etdi. Biznes takliflar ishlab chiqilib, ish boshlash bo‘yicha kelishuvlarni davom ettirish belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Azimobod mahallasidan yana bir tashabbus: 360 o‘rinli maktab binosi qurildi

Prezident e‘tirof etgan Madaniyat markazi zamonaviy qiyofada


Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bugun So‘x tumanida

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyadan kelgan investorlarni qabul qildi

Farg‘ona viloyatida g‘alla o‘rimi mavsumi boshlandi.