Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

3572024-12-27 16:51

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yonni qabul qildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1735300052862.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1735300060603.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1735300065343.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yonni qabul qildi.

Uchrashuvda savdo-investitsiyaviy, turizm, kasb-hunarga o‘rgatish kabi sohalarda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlar o‘rtasidagi muloqotni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat hokimi so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Janubiy Koreya munosabatlari alohida strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini qayd etib, do‘stona va ishonchli hamkorlik hududlararo aloqalarda o‘z samarasini berayotganligini ta‘kidladi. Bugungi kunda koreyalik investorlarning viloyatimizga qiziqishi ancha ortganligi, hamkorlikda 28 ta korxona faoliyat olib borayotganligi, yangi loyihalar bo‘yicha ishlar davom etayotganligi bildirildi. Shuningdek, yaqinda viloyat delegatsiyasining Koreyaga tashrifi samarali bo‘lganligiga e‘tibor qaratib, barcha sohalarda hamkorlik ko‘lamini kengaytirish istiqbollari haqida so‘z yuritildi.

Elchi Von Do Yon davlatlarimiz o‘rtasida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganligini, xususan, Farg‘ona viloyati bilan bu boradagi ishlar faollashayotganligini bildirdi.

Bu yerdagi qulay investitsion muhitni koreyalik biznes doiralariga kengroq tanishtirish, kasb-hunarga o‘rgatish va malakali mutaxassislarni tayyorlash, turizmni rivojlantirish hamda aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikr almashildi.

Ma‘lumot o‘rnida: bugungi kunda viloyatimizda Janubiy Koreya korxonalari kapitali ishtirokida 48 ta korxona faoliyat olib bormoqda. Joriy yilning 11 oyida 53 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va xorijiy kreditlar o‘zlashtirilgan.

Joriy yil 25-30 noyabr kunlari viloyat delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida Farg‘onada koreys ishlab chiqaruvchilar industrial parkini tashkil etgan holda 18 ta loyiha doirasida qiymati 250 mln. dollarlik investitsiya kelishuvlari ishlab chiqildi. Chungchongnam-do provinsiyasi Asan shahrida Farg‘ona investitsiyalar va savdo vakolatxonasi ochildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 02.01.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft