Farg‘ona shahridagi Ekoshahar - “Yangi O‘zbekiston” massivida harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi










Farg‘ona shahridagi Ekoshahar - “Yangi O‘zbekiston” massivida Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi hamkorligida harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda dastlab yurt himoyachilarining harbiy orkestr sadolari ostida tantanali yurishi bo‘lib o‘tdi. Yangi massivdagi amfiteatr maydonida kechgan tadbirning asosiy qismida harbiy xizmatchilar tomonidan faxriy qorovul va qo‘l jangi chiqishlari namoyish qilindi. Qurol-aslahalar ko‘rgazmasida yoshlar O‘zbekiston armiyasining kuch-qudrati, zamonaviy salohiyati haqida ma‘lumotlarga ega bo‘lishdi. Yangi O‘zbekistonni barpo etishda tinchlik va osoyishtalikning ahamiyatini, “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” tamoyilining mohiyatini keng jamoatchilikka etkazish maqsadiga qaratilgan festivalь “Central Asian Medical University” xalqaro tibbiyot universitetida davom etdi. Talabalar yurt posbonlarining chiqishlarini qizg‘in olqishlar bilan qarshi olishdi. Shuningdek, Buvayda tumanidagi qator maktablarda ham ayni mazmundagi tadbirlar o‘quvchi-yoshlarda chuqur taassurot qoldirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi