Farg‘ona tajribasi: davlat xizmatchilari kutubxonada
Farg‘ona tajribasi: davlat xizmatchilari kutubxonada
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Davlat xizmatchisi kutubxonada bir kun” loyihasi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona filiali bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda tuman-shaharlar hokimi o‘rinbosarlari, sog‘liqni saqlash, maktabgacha va maktab ta‘limi, sport, oliy ta‘lim, fan va innovasiyalar boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligi, Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi hududiy bo‘limlari hamda tuman va shaharlar axborot-kutubxona markazlaridan davlat xizmatchilari ishtirok etdi.
Davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishda Farg‘ona tajribasi yo‘lga qo‘yilgan. Viloyat hokimining “Davlat xizmatchisi kutubxonada bir kun” loyihasini tashkil etish va o‘tkazishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida yana bir tashabbusga qo‘l urilib, mazkur loyiha tashkil etildi.
Loyihani o‘tkazishdan asosiy maqsad davlat xizmatchilari o‘rtasida kasbiy malaka va ko‘nikmalarni doimiy ravishda rivojlantirib borish, kitobxonlikga jalb qilish, ularning orasida mutolaa madaniyatini oshirish hamda axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorligini mustahkamlashdan iborat.
Loyiha doirasida dastlab davlat xizmatchilari kutubxonaga a‘zo bo‘ldilar. Kitob targ‘ibotining interfaol shakllari namoyish etildi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona filiali rahbari Ahadjon Akbarov va boshqalar kitob mutolaasi, kitobxonlik har bir davlat xizmatchisi uchun muhim mezon bo‘lishini qayd etib, o‘zlarining kitob haqida fikr-mulohazalarini bildirdi. Samimiy muloqotda Farg‘onada kitobxonlikni yanada ommalashtirish bo‘yicha takliflar aytib o‘tildi.
Davlat xizmatchilarining bilim ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida “Zakovatli xodim” intellektual viktorina o‘yini o‘tkazilib, g‘oliblar taqdirlandi. Ishtirokchilar mantiqiy va tezkor savollarga tez va aniq javob berishdilar.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi, “Muvaffaqiyatlar maktabi” mahorat darsi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Javlon Jovlievning “Qo‘rqma” romani asosida yaratilgan filьm davlat xizmatchilariga manzur bo‘ldi.
Viloyatdagi davlat xizmatchilarini kitobxonlik, mutolaa madaniyatini oshirish va faol kitobxonlarning safini yanada kengaytirish sohasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkilotlar bilan viloyat axborot-kutubxona markazi o‘rtasida memorandum imzolandi. Ishtirokchilarning kutubxona bo‘ylab sayohatlari tashkil etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov turk ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi
Xitoylik investorlar tomonidan viloyatimizda yangi loyihalar bo‘yicha hamkorlik ko‘lami kengaymoqda
Farg‘ona shahridagi Ekoshahar - “Yangi O‘zbekiston” massivida harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi
Farg‘ona viloyatida 7-8-9 va 10-yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Turk ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya ayni paytda Farg‘ona viloyatida bo‘lib, turli sohalarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish borasida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda