Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

66172022-05-2616:31

VILOYATDA XALQ TA'LIMI TIZIMIDAGI KORRUPTSION HOLATLARNING YUZAGA KELISH SABABLARINI ANIQLASH VA ULARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI MUHOKAMA QILINDI

http://api3.fergana.uz/files/150000/news/1736249501520.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/1736249501523.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/1736249501519.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/1736249501517.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/1736249501524.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/1736249501525.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150000/news/1736249501522.jpg

Viloyat hokimligining katta majlislar zalida “Xalq ta'limi boshqarma va uning quyi tizimlarida korruptsiyaviy holatlarning yuzaga kelish sabablari va unga imkon yaratib berilayotgan shart-sharoitlar” mavzusida namunaviy eshituv o’tkazildi. Yig’ilishda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o’rinbosari Umida Tuxtasheva ishtirok etdilar. Ochiq muloqot shaklida bo’lib o’tgan yig’ilishda viloyatda xalq ta'limi tizimidagi qonunbuzilish holatlarining kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yo’llari muhokama qilindi. Kun tartibidan o’rin olgan masalalar bo’yicha mas'ullarning axborotlari eshitildi. Yig’ilishda hududiy kengash tomonidan tizimda korruptsiyaga sabab va shart-sharoitlar yaratilish holatlarini aniqlash maqsadida viloyatdagi maktablarda o’rganishlar olib borilgani, o’qituvchilar, ota-onalar va o’quvchilar bilan suhbatlar o’tkazilib, so’rovnomalar tashkil etilgani qayd etildi. O’rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha takliflar ham bildirildi. Eshituv so’nggida muhokama etilgan masalalar yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqilib, viloyatda aksilkorruptsiya siyosatiga oid islohotlarning hayotga tadbiq etish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@fergana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 05.04.2026 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft