Xitoylik investorlar tomonidan viloyatimizda yangi loyihalar bo‘yicha hamkorlik ko‘lami kengaymoqda



Viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasining 2024-yil 13-20-dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar o‘z samarasini berib, xitoylik investorlar tomonidan viloyatimizda yangi loyihalar bo‘yicha hamkorlik ko‘lami kengaymoqda. Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Shandun provinsiyasidan tashrif buyurgan ishbilarmon doira vakillari tomonidan Farg‘onada transformator ishlab chiqarish, tosh qazib olish, mikro GES qurish hamda shaharsozlik yo‘nalishida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov investorlarga yaratilgan sharoitlar va Farg‘onadagi mavjud sanoat zonalaridagi imkoniyatlar haqida ma‘lum qildi. Muloqot davomida shuningdek, shandunlik tadbirkorlarning turli ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish uchun Shandun texnoparkini tashkil etish, shaharsozlik talablari asosida “Fergana City Mall” loyihasi qurilishiga investitsiya kiritish bo‘yicha ham takliflar bildirildi. Bildirilgan takliflar asosida aniq loyihalar ishlab chiqish va amaliy ishlarga kirishishga kelishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Hamidjon Rahimov, Oltiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktab direktori


Shohimardon zamonaviy turizm maskaniga aylanmoqda


Farg‘ona tarvuzlari Polьshaga etib bordi

Yangi bosqichdagi Farg‘ona ta‘limida xususiy sektorning ham ulushi ortmoqda