Farg‘ona viloyatidagi charm-sanoat yo‘nalishidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi



Farg‘ona shahrida Markaziy bank rahbariyati va respublika ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatidagi charm-sanoat yo‘nalishidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqot davomida charm-sanoat yo‘nalishidagi tadbirkorlarning muammo va takliflari eshitildi. Shuningdek, tizimli muammolarni bartaraf etish va ularga yechim topish bo‘yicha tadbirkorlar ishtirokida muhokama o‘tkazilib, zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi. Uchrashuvda tadbirkorlardan 10 tan ortiq murojaatlar kelib tushdi va ularni yechimi bo‘yicha mas‘ullar belgilanib, aniq muddatlar asosida masalani hal etish choralarini ko‘rish topshiriqlari berildi. Shuningdek, charm-sanoat yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xorijiy va milliy valyutada ajratiladigan uzoq muddatli imtiyozli kreditlar va ularni olish shartlari to‘g‘risida batafsil ma‘lumotlar berilib, tadbirkorlarni biznes loyihalari ko‘rib chiqildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi