Farg‘ona viloyati O‘zbekiston-Latviya Savdo-sanoat Palatasining faxriy a’zosi bo‘ldi

So‘nggi yillarda Farg‘ona viloyatidagi iqtisodiy o‘zgarishlar, ayniqsa, liberallashayotgan iqtisodiyot xorijdagi investorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Bugungi kunda Respublikamizga, hususan, Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurayotgan investorlar ushbu islohotlar bilan yaqindan tanishib, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlarga guvoh bo‘lmoqdalar.
Bunday islohotlar viloyatimiz va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning kengayishiga turtki bo‘lmoqda.
Misol uchun, bugungi kunda Farg‘ona viloyati Latviya bilan faol hamkorlik qilib, ular o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro manfaatli tovar ayirboshlashning yangi darajalariga erishishga qaratilgan.
Buning tasdig‘i viloyat hokimligi va O‘zbekiston-Latviya Savdo-sanoat Palatasi boshqaruvi o‘rtasida imzolangan Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston-Latviya palatasiga fahriy a’zoligi to‘g‘risida shartnomada ham ko‘rish mumkin.
Har ikki tomon ham bevosita yuk tashishni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini inobatga olgan holda shuni ta’kidlashimiz lozimki, hamkorlikning ushbu bosqichi Farg‘ona viloyatidan Latviya hamda Yevropa hududlariga meva-sabzavot, to‘qimachilik va boshqa mahsulotlar eksporti hajmini oshirishda muhim bosqich bo‘la oladi.
Ushbu muhim voqea munosabati bilan Farg‘ona viloyatining faol tadbirkorlarini O‘zbekiston-Latviya Savdo-sanoat Palatasiga a’zolikka taklif etamiz.
Palataga a’zolik noyob imkoniyatlardan foydalanish imkoniyatini ochib beradi:
• Yevropa hamkorlari bilan biznes aloqalarini mustahkamlash;
• Farg‘ona viloyatidan mahsulotlarni xalqaro bozorlarga eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash;
• Biznes-forumlarda, biznes missiyalarda va biznesingiz rivojlanishiga hissa qo‘shadigan boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
• Xalqaro savdo sohasida ekspert yordami va maslahatlarini olish.
O‘zbekiston-Latviya Savdo-sanoat palatasining maqsad va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun Palata vakillari bilan Telegram yoki WhatsApp orqali quyidagi telefon orqali bog‘lanishingiz mumkin: +37120313141.
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shish va biznesingiz uchun yangi istiqbollarni ochish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Beshariqlik Gullola Xo‘jaahmedova xonadonida gulchilikni yo‘lga qo‘yib, 20 nafar ayol-qizni band qildi

Yer maydonlarini aholi va tadbirkorlarga ijaraga berish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi

Viloyat hokimi viloyatimizdagi oliy o‘quv yurtlari, tizim va boshqarmalarda faoliyat olib borayotgan bir guruh yosh mutaxassislar bilan uchrashdi

Farg‘ona viloyatida 12-15 fevral kunlari kutilayotgan ob-havo ma‘lumoti

Viloyat hokimi Janubiy Koreyaning New&New Co.,Ltd kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Viloyat hokimligida xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi