Farg‘ona shahrining Ekoshahar - “Yangi O‘zbekiston” massivida viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari uchun bunyod etilgan xizmat uylari foydalanishga topshirildi
Farg‘ona shahrining Ekoshahar - “Yangi O‘zbekiston” massivida viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari uchun bunyod etilgan 9 qavatli 70 ta xonadondan iborat xizmat uylari foydalanishga topshirildi. Bu uylar 26 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuniga munosib tuhfa bo‘ldi.
Tantanali marosimda viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat bojxona boshqarmasi mas‘ullari, bojxonachilar va soha faxriylari ishtirok etdi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bojxona organlari mamlakat iqtisodiy xavfsizligi va manfaatlarini ta‘minlashda asosiy tayanch va himoyachilardan biri ekanligini qayd etib, kasb bayrami bilan tabrikladi. Mazkur tizimda xizmat qilayotgan xodimlarning ijtimoiy himoyasiga, uy-joy bilan ta‘minlashga muhim e‘tibor qaratilayotganligi ta‘kidlanib, Prezidentimiz farmoni asosida qurilgan ekoshahardagi mazkur zamonaviy xizmat uylari ham buning yaqqol samarasi ekanligi aytib o‘tildi. Yangi uyga ega bo‘lgan bojxona xodimlariga samimiy tilaklar bildirildi.
Mazkur turar joy majmuasi "Osiyo qurilish ta‘mir" MChJ tomonidan bunyod etildi. Shinam uylarda barcha sharoitlar yaratilgan.
Bojxonachilar ham o‘z navbatida sohaga ko‘rsatilayotgan e‘tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.
Tadbirda yangi uylar kalitlari tantanali tarzda topshirildi.
Ramziy lentalar qirqilib, xonadonlarda yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Nuroniylar duoga qo‘l ochib, yurtimizda mana shunday bunyodkorlik, ma‘murchilik, farovonlik barqaror bo‘lishini tilashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi
Bugun “Yangi O‘zbekiston” gazetasi chiqa boshlaganiga 5 yil to‘ldi
Farg‘onada “Malakali kadrlar tayyorlash va kasbiy ta‘limga xalqaro ta‘lim dasturlarini joriy etish” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi
Viloyat hokimi Buvayda tumanidagi Pishag‘ar mahallasida bo‘lib, xonadonlarda mebel ishlab chiqarish, yog‘ochni qayta ishlash jarayoni bilan tanishdi
Qulupnaydan 300 mln so‘m daromad