Bugun “Yangi O‘zbekiston” gazetasi chiqa boshlaganiga 5 yil to‘ldi
Mamlakatimizdagi ochiqlik siyosati, so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar bugun e’tirofga loyiq. Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan hayotbaxsh islohotlarda mamlakatimizning nufuzli nashri sifatida gazetxonlar qalbidan joy olgan “Yangi O‘zbekiston” gazetasining alohida o‘rni bor.
Gazeta sahifalarida o‘rin olgan maqola va xabarlar rang-barangligi, jamiyatimizning barcha qatlamlariga qaratilgan, umuminsoniy prinsiplariga asoslangan erkin muloqot maydoni sifatida shakllanganligini tez ilg‘aysiz. Bu muloqotlar gazeta mazmun-mundarijasi, mavzular doirasini kengaytirish imkoniyatini berayotgani bilan ahamiyatli. Yurtimiz shiddat bilan yangi taraqqiyot sari intilmoqda. Islohotlar aqlni shoshirib yuboray deydi. Mana shunday pallada, masalaga to‘g‘ri yondashuv, tahlil, holis tanqid zarur. Bu ehtiyojni, shubhasiz, gazeta qondira oladi. Shuning uchun ham bu gazeta qisqa vaqt ichida o‘z o‘quvchilariga ega bo‘la oldi. Farg‘ona viloyatida gazetaning ko‘plab muxlislari bor.
Gazeta sayti hisoblangan yuz.uz jonlanib, tahliliy va tezkor axborotlar bilan mushtariylarni xursand qilmoqda.
Gazeta endigina besh yillik sharafli yo‘lni bosib o‘tdi. Ammo u dolzarb mavzular, esda qolarli voqea va hodisalarni xolisona o‘zida aks ettirayotgani bilan ajralib turadi.
Viloyat hokimligi gazeta jamoasini qutlug‘ sana bilan tabriklab, ijodiy yutuqlar, omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi
Farg‘ona shahrining Ekoshahar - “Yangi O‘zbekiston” massivida viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari uchun bunyod etilgan xizmat uylari foydalanishga topshirildi
Farg‘onada “Malakali kadrlar tayyorlash va kasbiy ta‘limga xalqaro ta‘lim dasturlarini joriy etish” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi
Viloyat hokimi Buvayda tumanidagi Pishag‘ar mahallasida bo‘lib, xonadonlarda mebel ishlab chiqarish, yog‘ochni qayta ishlash jarayoni bilan tanishdi
Qulupnaydan 300 mln so‘m daromad