Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi










Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida soha xodimlari, keng jamoatchilik, yoshlar va kitobxonlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva va boshqalar mamlakatimizda kitobxonlikka, axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida so‘z yuritib, mazkur ma’rifat maskanini ko‘rkam va zamonaviy qiyofa kasb etgani buning yaqqol ifodasi ekanligini ta’kidlashdi. Viloyat hokimligi tomonidan amalga oshirilgan bu tashabbus kitobxonlarga o‘ziga xos sovg‘a bo‘lganligini e’tirof etishdi. Qariyb 14 mlrd so‘m mablag‘ evaziga zamon talablari asosida ta’mirdan chiqarilgan maskanda kitobxonlar uchun barcha qulayliklar yaratildi. Kutubxona 350 mingdan ortiq axborot-resurs fondiga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 300 dan ortiq o‘quvchiga xizmat ko‘rsatadi. Zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan binoda bookcafe, 5 ta o‘quv zali, ilmiy- tadqiqot, bolalar va o‘smirlarga xizmat ko‘rsatish, nodir fotosuratlar bo‘limlari mavjud. Eng nodir kitoblar esa alohida talablar asosida saqlanadi. Ularni mutolaa qilish uchun qulayliklar yaratilgan. Shuningdek, xorijiy tillarda chop etilgan adabiyotlarni o‘qish uchun alohida 60 o‘rinli zal, ona va bola xonasi tashkil etildi. Bu yerda masofadan turib kitob o‘qish uchun imkoniyat yaratilgan. Hududda yuqori tezlikdagi internetga ega bo‘lgan Wi-Fi zonasi bor. Umuman olganda, maskanda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, anjumanlar o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi, zarur jihozlar bilan ta’minlandi. Ramziy lenta qirqilib, ishtirokchilar viloyat axborot-kutubxona markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





