Farg‘onada “Abduhoshim Ismoilov ijodiy asarlari” xalqaro ko‘rik-tanlovining taqdirlash marosimi o‘tkazildi










Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida 28-30 yanvar kunlari O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov ijodiy merosiga bag‘ishlangan “Abduhoshim Ismoilov ijodiy asarlari” deb nomlangan xalqaro ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda mahalliy va xorijiy davlatlardan taniqli san‘atkorlar, yosh ijodkorlar hamda musiqiy ijro ustalari ishtirok etdi. Mazkur ko‘rik-tanlov Madaniyat vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbek milliy maqom san‘ati markazi va “Creative Reactive” MChJ tashabbusi bilan tashkil etilib, o‘z bag‘riga 155 nafar ishtirokchini jamladi.
Uch kun davomida nomzodlar cholg‘u ijrochilik ansambli yo‘nalishi, cholg‘u ijrochilik (yakka ijro) yo‘nalishi, an‘anaviy xonandalik ansambli yo‘nalishi, ayollar ovozi (yakka ijro) yo‘nalishi va erkaklar ovozi (yakka ijro) yo‘nalishida o‘z ijodiy mahoratlarini namoyon etdilar.
Bugun ushbu ko‘rik-tanlovning taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov, viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov, O‘zbek milliy maqom san‘ati markazi direktori Avazbek Shomurodov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov hamda san‘at va madaniyat sohasi vakillari, keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Ko‘rik-tanlovning qator nominasiyalari bo‘yicha g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar nomlari e‘lon qilinib, diplom, pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli va teatr aktyorlari Alisher Navoiyning "Xamsa"sidan parchalar ijro etdi. Shuningdek, tanlov g‘oliblarining kuy-qo‘shiqlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Beshariqlik Gullola Xo‘jaahmedova xonadonida gulchilikni yo‘lga qo‘yib, 20 nafar ayol-qizni band qildi

Yer maydonlarini aholi va tadbirkorlarga ijaraga berish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi

Viloyat hokimi viloyatimizdagi oliy o‘quv yurtlari, tizim va boshqarmalarda faoliyat olib borayotgan bir guruh yosh mutaxassislar bilan uchrashdi

Farg‘ona viloyatida 12-15 fevral kunlari kutilayotgan ob-havo ma‘lumoti

Viloyat hokimi Janubiy Koreyaning New&New Co.,Ltd kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Viloyat hokimligida xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi