Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bir guruh turkiyalik investorlarni qabul qildi




Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bir guruh turkiyalik investorlarni qabul qildi. Uchrashuvda viloyatimizda zargarlik sanoatini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Farg‘ona shahrida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilayotgan bo‘lib, buning natijasida 300 ta ish o‘rni yaratiladi. Viloyat rahbari mamlakatimizda zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun juda katta salohiyat borligini qayd etib, turkiyalik investorlarning loyihasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Uchrashuvda sohadagi imtiyozlar haqida ma‘lumot berildi hamda sug‘urta, tekstil yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





