Viloyatimizning 1063 ta MFYda 307 nafar mahalla bankiri faoliyatini boshladi

Viloyatimizning 1063 ta MFYda 307 nafar mahalla bankiri faoliyatini boshladi, ularga 1063 nafar mahalla agentlari biriktirildi. Xo‘sh, “Mahalla bankirlari” qanday tizim? Mahalla bankirlari banklarning eng quyi bo‘g‘ini hisoblanadi. Ya‘ni, mahalla darajasiga tushib, odamlarning daromadini oshiradigan tizim. Mahalla bankirlarining eng katta vazifasi mahallaning biznes imkoniyatlarini o‘rganib, odamlarning g‘oyalarini, loyihalarga aylantirishdir. Mahalla bankirlari “xonadonbay” ishlab, har bir oilaga tayyor loyihalar yoki biznes rejalar taklif qiladi. Loyihaning barcha zanjirida – kredit olish, biznes ochish, mahsulot sotish jarayonlarida aholiga hamrohlik qiladi. Ularning asosiy vazifalari qo‘yidagilardan iborat. -“Mahalla bankir”lari mahallalarda tashabbuskor aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularning biznes g‘oyalari asosida yangi loyihalar ishlab chiqish, kredit ajratish, loyihalarni amalga oshirishda hamrohlik qilish; -o‘zini o‘zi band qilgan shaxs — yakka tartibdagi tadbirkor — kichik biznes — o‘rta biznes zanjiri asosida tadbirkorlikning har bir bosqichida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilishini ta‘minlash; -aholi tomorqalari va ijaraga berilgan er uchastkalarida etishtirilgan mahsulotlarni kafolatli sotib olish uchun tadbirkorlar bilan kooperasiya aloqalarini o‘rnatish va ularning loyihalarini moliyalashtirish; -tadbirkorlik loyihalarini ishga tushirish orqali ustuvor ravishda kambag‘al oilalar a‘zolarini ishga joylashtirish; -mahallalarda yordamchi-agentlar orqali bank xizmatlarini targ‘ib qilish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va yangi mijozlarni jalb qilish; -mahallaning ixtisoslashuvi va shart-sharoitlaridan kelib chiqib, boshqa hududlardagi ijobiy tajribalarni ommalashtirish kabi vazifalarni bajarib kelmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Farg‘ona viloyati va Xitoyning provinsiyalari o‘rtasida hamkorlik jadal rivojlanadi


Farg‘onada Xitoyning kompaniyalari bilgan hamkorlikda traktorlar ishlab chiqariladi