Sentyabrь oyida Qo‘qon shahrida uchinchi xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan

2025 yilning sentyabrь oyida Qo‘qon shahrida uchinchi xalqaro hunarmandchilik festivali va unga uyg‘un holda Rishton tumanida Xalqaro kulolchilik forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Xalqaro tadbirda 50 ta xorijiy davlatdan 150 nafar, mamlakatimizdan 700 nafardan ziyod hunarmand ishtirok etadi.
Uchinchi xalqaro Hunarmandchilik festivaliga iqtidorli hunarmandlar va iste‘dodli yoshlarni jalb qilish maqsadida “Men Qo‘qonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat ko‘rgazma va ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Birinchi bosqich tumanlar (shaharlar) bo‘yicha 2025 yilning mart oyida tashkil etiladi. Ikkinchi bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha 2025 yilning aprelь oyida bo‘lib o‘tadi va unda ming nafarga yaqin hunarmand ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Festivalь doirasida bir qator tadbirlar, festivalь ishtirokchilarining tantanali yurishlari, mahalliy va xorijiy hunarmandlarning mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi, ilmiy konferensiya, festivalni o‘tkazish va yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanlari, xalqaro va o‘zbekistonlik hunarmand-dizaynerlar ishtirokidagi modalar namoyishi, xalq sayllari, qo‘g‘irchoqbozlik va dorbozlar tomoshalari, viloyatlar folьklor jamoalari va madaniyat boshqarmalari konsert dasturlari, osh tanlovlari, mahalliy va xorijiy hunarmandlarning mahorat darslari va Qo‘qon shahrining madaniy-ko‘ngilochar joylari va turistik marshrutlari bo‘ylab sayohat o‘tkaziladi.
Xalqaro hay‘at ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining mahsulotlari ko‘rgazmasi va mahorat darslarini 5 ta nominasiya – "Eng yaxshi hunarmand" , "Eng yosh hunarmand"," Eng yaxshi hunarmandchilik maktabi ustasi", "Qadimiy sulola davomchisi" va "Qadimiy hunarmandchilik turini tiklagan hunarmand" kabi nominasiyalar bo‘yicha baholaydi hamda g‘oliblar maxsus diplom va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Xalqaro hunarmandchilik festivali ko‘rik-tanlov g‘oliblari va sovrindorlari ishtirokida Xudoyorxon O‘rdasi maydonida tantanali taqdirlash marosimi va gala-konsert bo‘lib o‘tadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya-O‘zbekiston Biznes assosiatsiyasi vitse-prezidenti Edvard Kimni qabul qildi

Farg‘ona shahrida Ulsan shahriga malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi ochildi

Farg‘onada "O‘rik gullaganda" II yoshlar ijodiyot festivali ko‘tarinki ruhda tashkil etildi

Mehmonlar Navro‘z saylida ishtirok etdi

Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyomga “Farg‘ona davlat texnika universiteti faxriy professori” unvoni tantanali topshirildi

Farg‘ona viloyati va Ulsan metropoliten shahri o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik yo‘lga qo‘yildi