Uchko‘prik tumanida 29 nafar talabaning shartnoma pullari to‘lab berildi



Yurtimizdagi turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 29 nafar uchko‘priklik talabaning 50 foizgacha shartnoma pullari hukumat qarori asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lab berildi. Tuman hokimining o‘rinbosarlari, talaba-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda to‘lovni tasdiqlovchi sertifikatlar o‘z egalariga tantanali tarzda topshirildi. Shuningdek, Germaniyada ta’lim olish hamda ishlash istagida bo‘lgan 113 nafar yoshning nemis tilini o‘rganish va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning ta’lim xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan to‘liq qoplab berildi. Bundan tashqari, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oila vakili bo‘lgan ikki nafar yoshning davolanish xarajatlari uchun 12 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Hamidjon Rahimov, Oltiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktab direktori


Shohimardon zamonaviy turizm maskaniga aylanmoqda


Farg‘ona tarvuzlari Polьshaga etib bordi

Yangi bosqichdagi Farg‘ona ta‘limida xususiy sektorning ham ulushi ortmoqda