Farg'onada “Meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmini oshirishda zamonaviy qadoqlashning o‘rni” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi








Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, O‘zbekiston Eksportchilari uyushmasi hamda O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi - UzTest DUK bilan hamkorlikda “Meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmini oshirishda zamonaviy qadoqlashning o‘rni” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Farg‘ona shahridagi Tadbirkorlar uyida tashkil etilgan tadbirda viloyatimizdagi soha vakillari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari, dehqon-fermerlar va tadbirkorlar ishtirok etdi.
Ma‘lumki, Farg‘ona viloyati meva va sabzavotlar eksportida mamlakatimizda etakchi o‘rinda turadi. Sohaga qaratilayotgan e‘tibor va yaratib berilayotgan imkoniyatlar samarasida viloyatda eksport hajmi yil sayin ortmoqda. Buni raqamlarda ham ko‘rish mumkin. Misol uchun, Farg‘ona viloyatida 2023 yilda 220 mln dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilingan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 327 mln dollarga etkazilgan. Dunyoning 40 ga yaqin davlatlariga Farg‘onaning unumdor tuprog‘ida pishib etilgan meva va sabzavotlar etib borgan. Ochiq muloqotda ana shu kabi natijalar alohida qayd etildi.
Dunyo bozori talabchan. Eksport qilinayotgan meva va sabzavotlar sifati asosiy o‘rinda tursa, mahsulotlar qadog‘i, yorlig‘i ham ularning import sifatida qabul qilayotgan mamlakatlarda alohida ahamiyatga ega. Bugunga qadar yurtimizdan xorij bozorlariga chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘zimizning oddiy yashik va shu kabi idishlarda etkazib berilardi. Bu esa mahsulotlar tan narxiga o‘z ta‘sirini ko‘rsatmay qolmagan. Bugun dunyo bozoriga uning talablari asosida kirib borish maqsad qilingan va bu borada dastlabki qadamlar tashlandi ham. Bu jarayonga yurtimiz bog‘bonlari hamda eksportyor korxonalarning oldida turgan muhim vazifalar ochiq muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Tadbirda meva-sabzavot mahsulotlarining eksportini kengaytirish, sifatli qadoqlash hamda ularni eksport qilishda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining “Agroko‘makchi” mobil ilovasida yaratilgan qulayliklar hamda undan foydalanish to‘g‘risida ma‘lumotlar berildi. Nazorat organlarining mutaxassis xodimlari tomonidan meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishdagi talablar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tushuntirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya-O‘zbekiston Biznes assosiatsiyasi vitse-prezidenti Edvard Kimni qabul qildi

Farg‘ona shahrida Ulsan shahriga malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi ochildi

Farg‘onada "O‘rik gullaganda" II yoshlar ijodiyot festivali ko‘tarinki ruhda tashkil etildi

Mehmonlar Navro‘z saylida ishtirok etdi

Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyomga “Farg‘ona davlat texnika universiteti faxriy professori” unvoni tantanali topshirildi

Farg‘ona viloyati va Ulsan metropoliten shahri o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik yo‘lga qo‘yildi