Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablari o‘quvchilarining “Vatan tayanchi” a‘zolari o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi







Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablari o‘quvchilarining “Vatan tayanchi” a‘zolari o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 21 ta jamoa belgilangan nizom talablari asosida 9 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Ochilish marosimida so‘z olgan Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi E‘zoza Karimova, viloyat Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov yosh avlodga sifatli ta‘lim, munosib tarbiya berish bilan bir qatorda ularni jismonan barkamol va vatanparvar shaxslar etib voyaga etkazish borasidagi ishlarni ta‘kidlab, ishtirokchi jamoalarga omad tiladilar. Hakamlar qaroriga ko‘ra, 3-o‘rinni Shunqor Marg‘ilon shahar IMIning “Ko‘k bo‘ron” jamoasi, 2-o‘rinni Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi “Qalqon” jamoasi, Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining “Shunqorlar” jamoasi esa eng yaxshi natija ko‘rsatib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va bellashuvning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





