Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

12752025-02-07 09:47

Quvasoy shahridagi “Bog‘bon” MFY hududida istiqomat qiluvchi Ro‘ziboy Mamajonov tomorqadan unumli foydalanib kelayotgan hamyurtlarimizdan biri

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738903638453.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738903643037.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738903647398.jpg

Quvasoy shahridagi “Bog‘bon” MFY hududida istiqomat qiluvchi Ro‘ziboy Mamajonov tomorqadan unumli foydalanib kelayotgan hamyurtlarimizdan biri. Uning mahalladoshlarini o‘z ortidan ergashtirayotgani ham alohida e‘tirofga loyiqdir. – Yaqin-yaqingacha men ham tomorqadan mo‘may daromad olishga ishonmasdim, - deydi Ro‘ziboy Mamajonov. – Ijtimoiy tarmoqlarda tajribali tomorqachilarning faoliyatini kuzatib borib, fikrim o‘zgardi. Uyimizga yaqin fermer xo‘jaligidan ozgina joyni ijaraga olib, qulupnaychilikni yo‘lga qo‘ydim. Dastlabki yildayoq kutganimdan ancha ko‘p daromad oldim. Shu-shu tomorqachi bo‘ldim-qoldim. Shunga ham besh yil bo‘libdi! Ro‘ziboy Mamajonovning faoliyati bilan yaqindan tanishib, amin bo‘ldikki, u bu darajaga osonlikcha erishmagan. Qulupnay etishtirish ilmini obdon o‘rgangan. Bu borada samarador bo‘lgan Evropa tajribasini o‘z faoliyatida qo‘llagan. – Faoliyatimni kengaytirish uchun o‘tgan 2024 yilda 3 sotixli issiqxona qurdim, - deya davom etadi tajribali tomorqachi. – Issiqxona qurish uchun 100 million so‘mga yaqin xarajat qildim. Hozirgi kunda yangi issiqxonada 50 ming tupga yaqin qulupnay ko‘chati parvarishlayapman. Nasib qilsa, aprelь oyida ularni xaridorlarga etkazib beraman. Dastlabki hisob-kitobimga ko‘ra, birinchi hosildayoq issiqxona xarajati ortig‘i bilan qoplanar ekan. Bu yil ham yana bitta issiqxona barpo etishni rejalashtirib turibman. Maqsadim – kelgusida mahallamizda qulupnaychilik sohasida korporasiya tashkil etib, ko‘plab yoshlarni ish bilan ta‘minlash. Bu borada MFY faollari bilan hamkorlikda ish olib boryapmiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 09.05.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft