Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

13582025-02-08 12:11

Farg‘ona shahrida Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738998641016.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738998646460.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738998650681.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738998654431.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738998657928.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738998661176.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738998664719.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738998667906.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738998671385.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738998674493.jpg

Shu kunlarda buyuk mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi, she‘riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari butun respublikamizda, shu jumladan, viloyatimizda ham ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda.

Bugun erta tongdan Farg‘ona shahridagi Alisher Navoiy xiyobonida davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, adabiyotshunos olimlar, ziyolilar, talaba-yoshlar va she‘riyat ixlosmandlari jam bo‘ldilar.

Navoiyga ehtirom tadbirida viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov so‘z olib, yig‘ilganlarni hazrat Navoiy tavalludi bayrami bilan qutladi. Bobokalonimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, uning asarlaridagi ma‘naviy-tarbiyaviy jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar ulug‘ ajdodimizning boy ilmiy merosi, yozgan bebaho asarlari, g‘azal va ruboiylari, “Xamsa” dostoni, shuningdek, davlat ishlaridagi fidoyiligi xususida so‘z yuritdilar.

Tadbir davomida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan Alisher Navoiy g‘azallari va ruboiylaridan namunalar o‘qildi, turli sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Ehtirom tadbiri so‘ngida yig‘ilganlar Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745122203106.jpg

Farg'onada “Dual ta‘limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745118956033.jpg

Farg‘onada Xitoyning kompaniyalari bilgan hamkorlikda traktorlar ishlab chiqariladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745054910311.jpg

Turkiyaning Anqara shahridagi xiyobonda ulug‘ qomusiy olim Ahmad al-Farg‘oniy byusti o‘rnatildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745053756504.jpg

Farg‘ona viloyati delegasiyasining Xitoyga tashrifi doirasida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1745046669577.jpg

Sinsyan shahridagi "Huaxi technology" kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744960586599.jpg

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 21.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft