FARG‘ONA VILOYATI FAOLLARINING VILOYAT AHOLISIGA MUROJAATI

GO‘ZAL FARG‘ONAMIZGA BUNYODKORLIK, YASHIL MAKONLAR VA OBODLIK YARASHADI!
FARG‘ONA VILOYATI FAOLLARINING VILOYAT AHOLISIGA MUROJAATI
Aziz farg‘onaliklar!
Yurtni obod qilish, tabiat ne‘matlarini ko‘z qorachig‘idek avaylab-asrash qadimdan xalqimizning eng ezgu fazilatlari sirasiga kiradi. Xalqimizning “Vatan – mahalladan boshlanadi”, degan purma‘no o‘giti zamirida ham, eng avvalo, o‘zimiz istiqomat qilayotgan mahalla, ko‘cha va oilani obod, fayzli hamda farovon maskanga aylantirishdek ezgu maqsadlar mujassamdir. Dilbar tabiati, mehnatkash va samimy insonlari bilan tanilgan Farg‘ona ahli azaldan bu boradagi sa‘y-harakatlar jarayonida faolligi va fidoyiligi bilan ajralib turadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan keyingi yillarda mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodlik va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilayotgani ayni yo‘nalishdagi ishlar ko‘lamini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarayotgani bilan e‘tiborga sazovordir. Xususan, Farg‘ona viloyatida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili 15 million tup mevali va manzarali daraxtlar ekilib, shahar-tumanlarimiz, har bir mahalla va xonadonning fayzi-tarovati oshishiga erishilmoqda. Bu jarayonda nuroniylar, davlat va jamoat tashkilotlari, yoshlar, mahalla vakillari faollik ko‘rsatayotgani barchamizni behad mamnun etadi.
Ayni paytda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir bo‘lgan 99 ta mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 297 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilyapti. “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” tamoyili asosida doimiy ravishda ishlar olib borilyapti. O‘z navbatida, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida belgilangan ezgu maqsadlar ijobati “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda ham muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Yangilanish, yaratish va go‘zallik fasli – bahor yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan viloyatimizning har bir hududi, mahallasi, xonadonini obod qilish, yashil makonga aylantirishdek mushtarak maqsadlar yo‘lida barchamiz o‘zaro hamjihatlikda, ibrat va namuna ko‘rsatishimiz jonajon ona Vatan istiqboli yo‘lidagi farzandlik burchimizdir!
Hurmatli hamyurtlar!
Xalqimizda “Otang mahalla – onang mahalla”, “Bir bolaga etti mahalla – ota-ona” degan maqollar bejiz aytilmagan. Asrlar mobaynida sayqallanib kelayotgan milliy qadriyatlarimizda ham ezgu insoniy fazilatlar va an‘analar, birinchi navbatda, oilada shakllantirib kelingan. Aynan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan ishlar ijrosi to‘liq va sifatli ta‘minlanishida ham xalqimizning dunyoda o‘xshashi yo‘q – mahalla instituti, oilaviy qadriyatlarining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Biz – elu yurt chorlaganda azaldan “labbay!” deya xizmatida astoydil kamarbasta bo‘luvchi mard va olijanob xalqning farzandlarimiz. Bugun o‘zimiz istiqomat qilayotgan mahalla va xonadonning har jihatdan ko‘rkam bo‘lishiga erishish, yaxshi niyatda erga nihol ekish, bu borada yangi avlod vakillariga ibrat bo‘lish hayotiy zaruratga aylangani ayni haqiqatdir. Ekologik muvozanatni ta‘minlash, tabiatga do‘stona munosabatni shakllantirish, har bir mahalla va oilada ekologik madaniyatni rivojlantirishda amaliy sa‘y-harakatlarimiz izchilligini ta‘minlash muhim ahamiyatga ega.
Ishonamizki, ona zamin bilan tillashish va dillashish hadisini olgan Farg‘ona ahli “Obod mahalla, obod ko‘cha va obod xonadon” mezonlariga mos tarzda hududlarni yam-yashil bo‘stonga aylantirish ishlarida jonbozlik ko‘rsatadilar. Ezgu maqsad yo‘lida hayotiy va amaliy tajribalar, ilm-fan yutuqlari, innovasiya g‘oyalarini o‘zaro umumlashtirib, har bir hududning tabiiy iqlim sharoitiga mos daraxt ko‘chatlari ekiladi va mehr bilan parvarish qilinadi. Ayni jarayonda kattayu kichik farg‘onaliklar bir yoqadan bosh chiqarib, birgalikda harakat qilishlari galdagi muhim vazifadir.
Ayni paytda viloyatimizda mavjud 1063 ta mahallani obod maskanga aylantirish, 14130 ta ko‘chada “Obod ko‘cha” hamda 823 261 ta xonadonda “Obod xonadon” mezonlarini joriy etish bosh maqsadimizga aylanishi lozim.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya-O‘zbekiston Biznes assosiatsiyasi vitse-prezidenti Edvard Kimni qabul qildi

Farg‘ona shahrida Ulsan shahriga malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi ochildi

Farg‘onada "O‘rik gullaganda" II yoshlar ijodiyot festivali ko‘tarinki ruhda tashkil etildi

Mehmonlar Navro‘z saylida ishtirok etdi

Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyomga “Farg‘ona davlat texnika universiteti faxriy professori” unvoni tantanali topshirildi

Farg‘ona viloyati va Ulsan metropoliten shahri o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik yo‘lga qo‘yildi