Viloyatimizda Xitoy tajribasi asosida qishloq xo‘jaligi sohasida istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi





Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullaev, viloyat hokimi o‘rinbosari Alibek Tursunov qishloq xo‘jaligi sohasida katta tajribaga ega xitoylik investorlar bilan uchrashdi. Unda viloyatimiz hududlarida Xitoy tajribasi asosida paxta va boshqa ekinlarni etishtirish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Samimiy muloqot davomida keyingi yillarda yurtimizda qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga zamonaviy ilm-fan yutuqlari, innovasion g‘oyalar keng joriy etilayotgani katta samara berayotganligi e‘tirof etildi, ushbu yo‘nalishda aniq takliflar ishlab chiqilib, o‘zaro hamkorlikda ish tashkil etishga kelishib olindi. Xususan, Xitoydan keltirilgan paxta navidan yuqori hosil olinayotgani qayd etilib, sholi, makkajo‘xori va sabzavotlarni etishtirishda ilg‘or tajribalarni joriy etish, urug‘chilik sohasida hamkorlik qilish hamda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




