Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

8262025-02-12 17:43

Yer maydonlarini aholi va tadbirkorlarga ijaraga berish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739364205281.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-18-son Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra:

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratishda, tajriba-sinov tariqasida, ijaraga oluvchilarning mustaqilligi va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim yaratiladi.

Yangi tizimni sinab ko‘rish uchun (pilot loyiha sifatida) hozir bo‘sh turgan, 2025-yil hosili uchun paxta va g‘alla joylashtirilmagan 3 317 gektar yer tanlab olindi.

Yer uchastkalarini ajratish ishlari 2025-yil 1-martga qadar to‘liq yakunlanadi.

Organik mahsulotlar yetishtirish uchun Global G.A.P, GMP, FSCC, HACCP, Halal, Organic va boshqa xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatlarni olgan dehqon, fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun 2028-yil 1-yanvargacha yer solig‘i 50 foiz miqdorida to‘lanadi.

Yangi tizimga ko‘ra:

Yerlar 3 gektardan 50 gektargacha o‘lchamda savdoga chiqariladi;
Ijara muddati 49 yil bo‘ladi (hozir 30 yil);
Auksionda boshqa viloyatdan kelganlar, oldin yer olganlar ham, qo‘shma va xorijiy korxonalar ham cheklovlarsiz ishtirok eta oladi;
Har bir lot uchun suvning yillik eng past va eng yuqori limiti belgilanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742311902415.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya-O‘zbekiston Biznes assosiatsiyasi vitse-prezidenti Edvard Kimni qabul qildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742309093677.jpg

Farg‘ona shahrida Ulsan shahriga malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi ochildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742298390848.jpg

Farg‘onada "O‘rik gullaganda" II yoshlar ijodiyot festivali ko‘tarinki ruhda tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742291164816.jpg

Mehmonlar Navro‘z saylida ishtirok etdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742288744010.jpg

Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyomga “Farg‘ona davlat texnika universiteti faxriy professori” unvoni tantanali topshirildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742287599018.jpg

Farg‘ona viloyati va Ulsan metropoliten shahri o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 19.03.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft