Quva tumani “Karkidon” suv ombori hududidagi 270 gektar maydonda “yashil belbog‘” loyihasiga start berildi









Quva tumani “Karkidon” suv ombori hududidagi 270 gektar maydonda “yashil belbog‘” loyihasiga start berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, boshqarma va tashkilotlar mutasaddilari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Viloyat rahbari Prezidentimizning tashabbusi bilan bundan uch yil avval boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi chinakam xalq harakatiga aylanganini, bu sa‘y-harakatlar tabiatimizni asrab-avaylash, yurtimizni yashillikka burkash hamda go‘zallikka xizmat qilayotganligini, viloyatimizda bu borada namunali ishlar yo‘lga qo‘yilganligini ta‘kidladi. “Karkidon” suv omborida boshlangan ezgu tashabbus ham buning yaqqol isboti ekanligini qayd etib, obodlikka hissa qo‘shayotganlarga minnatdorchilik bildirdi. Besh-o‘n yil ichida toshloq, adirliklar o‘rnida o‘rmonzorlar, yashil hududlar yaratilib, “Karkidon” zamonaviy turistik ko‘ngilochar majmuaga aylanishini, bu joy nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijliklar uchun ham jozibador dam oladigan maskan bo‘lishi uchun katta ishlarga kirishilganligini aytib o‘tdi.
Nuroniylarning duolari bilan ezgu tilaklar bildirilib, “Yashil belbog‘” loyihasi boshlandi. Viloyat sektorlari rahbarlari mazkur hududga manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi. Minglab farg‘onaliklar hududni obod va fayzli bo‘lishi uchun o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg'onada “Dual ta‘limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada Xitoyning kompaniyalari bilgan hamkorlikda traktorlar ishlab chiqariladi

Turkiyaning Anqara shahridagi xiyobonda ulug‘ qomusiy olim Ahmad al-Farg‘oniy byusti o‘rnatildi

Farg‘ona viloyati delegasiyasining Xitoyga tashrifi doirasida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

Sinsyan shahridagi "Huaxi technology" kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi

Qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi