Milliy an‘ana va qadriyatlarimizni ulug‘lash maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda









Milliy liboslar har bir xalqning o‘ziga xos madaniyati, tarixi va an‘analarini aks ettiruvchi muhim ramz hisoblanadi. Ular nafaqat milliy o‘ziga xoslikni, balki xalqning qadriyatlari, urf-odatlari va hayot tarzini ham ifodalaydi. Milliy liboslarni asrab-avaylash va ularni zamonaviy hayotga moslashtirib kiyish – milliy qadriyatlarni saqlab qolish va avlodlarga etkazishning muhim vositalaridan biridir. Shu bois, milliy liboslar nafaqat tarixiy meros, balki milliy o‘zligimizning timsoli hamdir. Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi tasarrufidagi 62-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida "Milliy liboslar — millat ko‘rki" shiori ostida targ‘ibot chellenjlari o‘tkazildi. Ushbu tadbir doirasida o‘quvchilar va o‘qituvchilar milliy liboslarda qatnashib, milliy kiyinish madaniyatining ahamiyati va uning zamonaviy talqini haqida ma‘lumot berdilar. Bunday targ‘ibot tadbirlari yosh avlodda milliy o‘ziga xoslikni saqlash, qadriyatlarni ulug‘lash va an‘anaviy kiyinish madaniyatini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onaga turistlar uchun zamonaviy avtobuslar olib kelindi


“Buyuklar haqida 100 ta dalil” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Farg‘ona va Shanlo shahri o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda