Shoir va tarjimon Aziz Said ishtirokida “Dili qani Bedilning?.. ” nomli she‘riy konsert tashkil etildi





Farg‘onada ilk marotaba she‘riy konsert bo‘lib o‘tdi Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot - kutubxona markazida Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda shoir va tarjimon Aziz Said ishtirokida “Dili qani Bedilning?.. ” nomli she‘riy konsert tashkil etildi. Aziz Said 1961 yilda Tojikistonning Dushanbe shahrida tug‘ilgan. “Chiltor” (1988), “Dili qani Bedilning” (1996), “G‘oyibdan do‘st bilan suhbatlar” (2001), “Fursat darvozasi” (2007) nomli va boshqa she‘riy kitoblar muallifi. Nozim Hikmatning “Yusuf va Zulayho”, Paulo Koeloning “Alkimyogar” kabi turli chet el ijodkorlarining nodir asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Lirika kechasida Aziz Said bilan farg‘onalik muxlislarning so‘z san‘ati, ijod olami bilan bog‘liq qiziqarli savol-javoblari bo‘lib o‘tdi. Sahnalashtirilgan she‘riy asarlar o‘qildi. Yig‘ilganlar shoir ijodiy namunalarini maroq bilan eshitdilar. Bu kabi she‘riy kechalarni tashkilotchilar tomonidan elimiz suygan ijodkorlar ishtirokida muntazam davom ettirib borishga kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





