Farg‘ona tumanida Al-Xorazmiy nomidagi fanlar olimpiadasi boshlandi







2025-yil 11-fevral kuni Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida "Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasi" tantanali ravishda boshlandi. Tadbirni Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi boshlig‘i Shavkatjon Yuldashev ochib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi va ularning bilimlarini yuksak saviyada namoyon etishlarini tilab qoldi. Olimpiada jarayonlari yuqori shaffoflik va adolat tamoyillariga asoslangan holda tashkil etildi. O‘quvchilar bilimlarini sinovdan o‘tkazish uchun guruhlarga ajratilib, har bir sinfxonada kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Bu esa ota-onalarga ijtimoiy tarmoqlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyatini yaratdi. Test sinovi materiallari maxsus qadoqlangan holda, viloyat Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi vakili tomonidan etkazib berildi. Ishtirokchilarga test topshiriqlari va javoblar varaqalari o‘z vaqtida tarqatilib, jarayon Nizom talablari asosida o‘z vaqtida boshlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





