Tomorqa va ijaraga berilgan ekin erlaridan samarali foydalanish – davr talabi!










“Erni boqsang, elni boqadi” degan gap bor xalqimizda. Erdan samarali foydalanish va mavjud imkoniyatlarni ishga solib, daromadli bo‘lishga doir amalga oshirilayotgan islohotlar bugun o‘z samarasini bermoqda. Davlatimiz rahbari joriy yilning 30 yanvarь kuni tomorqa va ijaraga berilgan ekin erlarida daromadli mahsulot etishtirishning yangi tizimi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, yuqori daromadli va eksportbop ekinlar ekish, ularning hisobini yuritish hamda moliyalashtirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surgan edi. Shu munosabat bilan 1-sektor hududidagi Tul mahalla fuqarolar yig‘inida amaliy va ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda tuman hokimi, tuman sektorlari rahbarlari, mahallalar ettiligi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Seminar ishtirokchilari mahallaning har bir xonadonida bo‘lib, ularning bugungi yumushlari, daromad manbalari qaysi hisobdan ekanligini o‘rganishdi. Aytish mumkinki, Tul mahallasi aholisi asosan dehqonchilik, bog‘dorchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanib, shu manbalar tufayli yuqori daromad olishga ham muvaffaq bo‘lishmoqda. Mahallaning umumiy aholi soni 2 850 nafarni tashkil etadi va mavjud 44,2 gektar tomorqa va ijaraga berilgan ekin er maydoni aholi talabotini qondiradi. Bugun mahallada qandolatchilik, pazandachilik kabi sohalar ham rivoj topmoqda. Lekin aholining asosiy faoliyati sholichilikga bog‘liq. Tashkil etilgan sholichilik plantasiyasida bir yilda 100 tonnadan ortiq hosil olinadi. Ya‘ni sholichilik mahallaning asosiy daromad manbai, o‘sish nuqtasi - drayverini tashkil etadi. Xonadonlarda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev boshchiligida bo‘lgan seminar ishtirokchilariga mahalliy aholining xosakorligi va mehnatkashligi juda manzur bo‘ldi. Mahallada “Bir mahalla – bir mahsulot” tizimi ham yo‘lga qo‘yilganligi qilinayotgan samarali mehnat natijasidir. Seminar davomida qo‘yidagi sohalarni barcha mahallalarda joriy etishga doir ko‘rsatma va takliflar berildi: - quruq mevalar, ayniqsa, o‘rik mahsulotlaridan tayyorlanadigan bargak mahsulotini ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish. Bargak mahsuloti Evropa bozoriga ham allaqachon chiqganligi uning yuqori sifatga ega ekanligidan dalolat. Ta‘kidlash joyiz, mahallada etishtirilgan o‘rik, gilos, shaftoli kabi mevalar Rossiya, Qazoqiston, Belorussiya kabi davlatlarga eksport qilinmoqda; - bedana parvarishi ham bugungi kunda mahallada keng quloch yoymoqda. Mazkur sohani rivojlantirishga doir ham mutasaddilarga vazifalar yuklandi; - sektor binosida tashkil etilgan pazandachilik va tikuvchilik o‘quv markaziga bugun yangi kuch – xotin-qizlar va ayollarni jalb etish davr va zamon talabi ekanligi ta‘kidlandi. Mahalla hokim yordamchisi ma‘lumotiga ko‘ra, ayni kunda mahallada 94 nafar ishsiz fuqarolar bo‘lib, ularning 62 nafarini ayollar tashkil etadi. O‘zini o‘zi band qilish orqali ham bugun mavjud ishsizlar bandligini ta‘minlashga doir ishlar olib borilmoqda. Seminar ishtirokchilari tadbir davomida Devayron mahalasida ham bo‘lishdi va bu mahallada asalarichilikda tuman miqyosida etakchilar qatorida bo‘lgan Asalbek Murtazobekov faoliyati bilan tanishishdi. Asalbek Murtazobekov xonadonida 70 qutti asalari parvarishlanadi va asalarichining yillik daromadi 6 tonna asal miqdoridan olinishini hisobga olganda, mazkur soha serdaromad ekanligini his qilish mumkin. Xulosa o‘rnida shuni ta‘kidlash lozimki, harakat qilib, mehnat qo‘lidan qattiq ushlab ishlayotgan fuqarolarimiz bugun munosib daromad olishga ham muvaffaq bo‘lishmoqda. Mazkur mahallalar tajribasini tuman miqyosida keng yoyish va tatbiq etish bo‘yicha tuman hokimi tomonidan taklif, tavsiya, ko‘rsatma va vazifalar berildi. So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





