“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasi g‘oliblari aniqlandi





“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining O‘zbekiston tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi.
DXX Chegara qo‘shinlari tashabbusi bilan qator idoralar hamkorligida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan musobaqaning joriy yilgi tuman bosqichida ham yoshlar epchil va chaqqonliklarini, intellektual salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Bahslarda sektor bosqichlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar- umumtalim maktablarining jami 100 nafarga yaqin o‘quvchi yoshlari qator shartlar bo‘yicha bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 61-maktabning "Turon yo‘lbarslari" jamoasi uchinchi, 49-maktabning "Yosh gvardiyachi"lar jamoasi esa ikkinchi o‘rinni egalladi. Gʻoliblikni qo‘lga kiritgan 21-maktabning "Sohibqiron" jamoasi esa musobaqaning viloyat bosqichi yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Harbiy-vatanparvarlik musobaqasi g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Budjet tushumlari barqarorligini ta‘minlash hamda soliq xizmati organlariga yuklatilgan masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Rossiyada yurtimiz tadbirkorlari uchun yangi bozor ochildi

Mehnat munosabatlari, o‘zboshimcha qurilmalar, davlat ehtiyojlari uchun olingan yer uchastkalari uchun zararni qoplash masalalari yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi

1-martdan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?

Sen bahorni sog‘inmadingmi?

Viloyat hokimi Turkiyaning "Shenova Tekstil" kompaniyasi rahbarini qabul qildi