Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning China Construction Sausum kompaniyasi vakillarini qabul qildi




Uchrashuvda xitoylik investorlarning investitsiya kiritishi hisobiga viloyatimiz hududlarida qurilish, energetika va qator yo‘nalishlarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Mazkur kompaniya uy-joy qurilishi va infratuzilma sohasida ko‘p yillar davomida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya bosh menejeri Sun Zxenxua viloyatimizda uy-joy, yo‘l, savdo va biznes markazlari qurilishi, sanoat zonalari uchun quyosh panellari o‘rnatish va yana qator yo‘nalishlarga investitsiya kiritish niyatida ekanligini ma‘lum qildi. Viloyat hokimi xitoylik investorlar ishtirokida viloyatda ko‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotganligini qayd etib, ushbu kompaniya bilan ham amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyihalar qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi. Shuningdek, xitoylik ishbilarmonlarga qator yo‘nalishlarda hamkorlikda ishlash bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Xitoylik mutaxassislar Farg‘onaga kelib, takliflarni o‘rganib chiqilishi va hamkorlikda yangi loyihalar ustida ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





